Mamlakatning shimoli-gʻarbida Xayber-Paxtunxva provinsiyasida yuz bergan toshqin oqibatida yuzlab xonadonlar vayron boʻlgan, koʻpriklar va elektr uzatgichlar qulagan. Daryoning toshishi natijasida suv bosgan hududlar bilan aloqa uzilgan.
Sind nomli janubiy provinsiyadagi kanallarning biridagi toʻgʻonning oʻpirilishi insonlar qurboni va bir necha qishloqlarning choʻkishini yuzaga keltirdi. Yakshanba kuni ular evakuatsiyasiga armiya boʻlinmalari va vertolyotlar jalb qilingan. Falokat yuz bergan hududda jabrlanganlarga yordam koʻrsatadigan koʻchma gospital tiklangan.
Yomgʻir Pokistonning yirik shaharlaridan Karachi va Laxorda normal hayotni izdan chiqargan. Koʻchalar suv bilan toʻlgan. Toshqin transport va shahar xizmati faoliyatini qiyinlashtirib qoʻygan, deb xabar beradi “Mir 24”.