баннер
30 Mar 2025
20:35

    Pokistondagi terakt oqibatida 9 kishi halok bo'ldi, 18 kishi jarohatlandi

    Pokiston shimoli-g'arbidagi Xayber-Paxtunxva viloyatidagi terakt oqibatida kamida to'qqiz kishi halok bo'ldi, 18 kishi jarohatlandi.

    Bu haqda mahalliy politsiyaga tayanib, Reuters agentligi xabar berdi.

    Ma'lumotlarga ko'ra, Bannu hududida terrorchi-xudkush o'zini portlatgan. Qayd etilishicha, hujum nishoni xavfsizlik tuzilmalari bo'lgan.

    Viloyat hokimiyati hujumni qoralab, voqea joyida politsiya xodimlarining hisobotini kutayotganliklarini bildirdi, deb xabar beradi report.az.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech