Bu haqda xorijiy OAV xabar bermoqda.

U Pokistondagi inson huquqlari va demokratik qadriyatlarni himoya qilishga qo'shgan hissasi uchun Pakistan World Alliance (PWA) inson huquqlari tashkiloti tomonidan nomzod qilib ko'rsatilgan.

Imron Xon ikkinchi marta nufuzli mukofotga nomzod qilib ko'rsatilmoqda. 2019-yilda u Hindiston bilan harbiy ziddiyatni yumshatishga qaratilgan sa'y-harakatlari uchun Pokistonda tinchlik bo'yicha Nobel mukofotiga nomzod bo'ldi va keyin Pokiston parlamentida uning nomzodini qo'llab-quvvatlash bo'yicha rezolyutsiya kiritildi. Biroq, Xon Nobel mukofotiga loyiq emasligini aytgandi, uning fikricha, bu mukofot Kashmir masalasini yakuniy hal etishga erishgan siyosatchiga berilishi kerak.

Imron Xon 2018-2022-yillarda Pokiston Vazirlar Mahkamasiga rahbarlik qilgan, deb xabar beradi report.az.