Bu haqda Politico o'z ixtiyoridagi hujjatlarga tayanib xabar berdi.
Uning ma'lumotlariga ko'ra, agentlik direktivasida aytilishicha, Oyda AESni quruvchi birinchi davlat “taqiqlangan hudud e'lon qilishi” mumkin, bu esa AQSh imkoniyatlarini sezilarli darajada cheklaydi. Shu munosabat bilan NASA 2030-yilgacha koinotga uchirilishi rejalashtirilgan 100 kilovattlik yadro reaktorini qurish uchun pudratchi qidirishni boshlaydi.
“Gap ikkinchi koinot poygasida g'alaba qozonishimiz haqida ketyapti”, dedi gazetaga NASAning yuqori martabali xodimi.
Qayd etilishicha, AQSh, shuningdek, 2030-yilgacha Xalqaro koinot stansiyasidan voz kechishni va uni tijorat stansiyalariga almashtirishni tezlashtirishni rejalashtirmoqda. Bir qancha, jumladan, Axiom Space, Vast va Blue Origin kompaniyalari NASAning talabini qondirishni taklif qilgan, deb xabar berdi report.az.









