Politsiya Bryusselda namoyishga chiqqan fermerlarga qarshi ko'zdan yosh oqizuvchi gaz ishlatdi

    Bryusselning Yevropa kvartalida fermerlar namoyishi ishtirokchilarini tarqatish uchun politsiya suv purkagichlar va ko'zdan yosh oqizuvchi gazdan foydalandi.

    Avvalroq namoyishchilar politsiyaga qarata pirotexnika, petarda va tuxum uloqtirgan, politsiya to'siqlari oldida gulxan yoqishgan edi.

    Fermerlar Yevropa Ittifoqiga a'zo bo'lmagan davlatlar, jumladan, Ukraina bilan ko'plab erkin savdo kelishuvlariga qarshi. Ularning fikricha, Yevropa Komissiyasi tomonidan ilgari surilgan bunday kelishuvlar yevropalik ishlab chiqaruvchilarni umumevropa bozoriga arzon import tufayli ularga ochiqchasiga imkoniyatni boy berilishiga olib kelmoqda. Shuningdek, fermerlar ularni zarar bilan ishlashga majburlamaydigan munosib xarid narxlari joriy etilishini va kompensatsiya olish uchun ko'plab hujjatlarni yig'ish imkoniyati yaratilishini talab qilishmoqda, deb xabar beradi ria.ru.