Chevrolet Cobalt rusumidagi 86 avtomashinaning barchasi viloyat byudjetidan sotib olingan boʻlib, ular mahalliy politsiya inspektorlari ishida qulayliklar yaratish uchun moʻljallangan.

«SaryarkaAvtoProm» kompaniyasi yangilangan avtopark militsiya xodimlariga imkon qadar tezroq harakat qilish, jinoyatchilikni oldini olish va kamaytirish vazifalarini yetarli darajada bajarishga imkon berishiga ishonadi.

Eslatib oʻtamiz, Qozogʻiston bozorida Chevrolet brendi sotuvda yetakchi oʻrinni egallab turibti hamda bunga misol tariqasida aytish mumkinki, 2021-yilning 5 oylik muddati ichida eng koʻp sotilganlardan biri bu Chevrolet Cobalt modeli boʻldi.