Politsiya yana Cobalt avtomobilini tanladi

    Transport 27 Yanvar 2022 2399

    Ishonchli va qulay Chevrolet Cobalt yana huquq-tartibot idoralari xodimlarining tanloviga aylandi.

    Oʻtgan yilning noyabr oyida Qozogʻistonning ikki viloyatining politsiya xizmati UzAuto Motors tomonidan ishlab chiqarilgan Cobalt avtomobillarini sotib olgani haqida maʼlumot bergan edik.

    Ukrainadagi Chevrolet ommaviy segmentining rasmiy distribyutori boʻlgan “Ravon Motors Ukraine” milliy politsiya faoliyatida qulayliklar yaratish uchun Cobalt avtomobillarini yetkazib berdi. Kompaniya Ukrainaning Kiyev oblasti politsiya boshqarmasi tomonidan Cobalt sotib olishda avtomobillarning qulay narxi va sifat borasidagi ustunligi asosiy omillar boʻlganini taʼkidladi, deb xabar beradi “Uzauto Motors” AJ matbuot xizmati.

    Ukraina Milliy politsiyasi oʻz xizmat faoliyatida koʻpgina turli avtomobil ishlab chiqaruvchilarning transport vositalaridan foydalanadi. Chevrolet Cobalt tanlovi ushbu avtomobilning oʻz segmentida yuqori sifati va ishonchliligining yana bir tasdigʻidir.