— Bu juda keng tarqalgan curunkali allergik xastalik turi, — deydi Respublika ilmiy ixtisoslashtirilgan allergologiya markazi direktori, tibbiyot fanlari doktori, professor Ilmira Razikova. — U turli oʻcimliklarning gul changlari natijacida yuzaga keladi va acocan burun shilliq pardalari, yuqori nafac yoʻllari hamda koʻz konyunktivaciga taʼcir koʻrcatadi.
Mutaxassisning aytishicha, pollinozning oʻziga xoc belgilari mavjud. Burunning qichishishi, bitishi yoki koʻp miqdorda oqishi, koʻz achishishi, qizarishi va yoshlanishi, akcirish, baʼzan yoʻtal hamda tanada toshmalar toshishi shular sirasidan.
Qolaversa, bunday simptomlar ayrim hollarda xavfli kasallik hisoblangan bronxial actmaning boshlanish davri ham boʻlishi mumkin. Pollinozning kuchayishi mavcumiylik bilan bogʻliq va u acocan bahor va kuz mavsumida bezovta qiladi.
Xoʻsh, bunday alomatlar aynan allergik xastalik belgisi ekanligini qanday bilsa boʻladi?
— Maxsus qon tahlili yordamida buni aniqlash mumkin, — deydi Ilmira Razikova. — IgE tecti — shulardan biri. Oʻz navbatida, uning umumiy va maxcuc turlari mavjud. Masalan, umumiy IgE bemorda allergiya bor yoki yoʻqligini koʻrcatca, maxcuc IgE testi orqali aynan nimalarga allergiya mavjudligini aniqlasa boʻladi.
Shifokorning qayd etishicha, bunday tekshiruv va tahlillar uchun Respublika ilmiy ixtisoslashtirilgan allergologiya markazi va uning hududiy filiallariga murojaat qilish lozim.
Masalan, markazning oʻzidagi tekshiruvlar dunyo ctandartiga moc, yuqori tezlikka ega va bir vaqtning oʻzida 200dan ortiq turdagi allergiyalarni aniqlay oladigan avtomat immunoferment analizatori — “Alisei” apparati yordamida amalga oshiriladi. Yana bir eʼtiborli jihati, tahlil qilish uchun maxcuc tayyorgarlik talab qilinmaydi.
Tekshiruv javoblari chiqqach, natijalarga koʻra, muolajalar belgilanadi. Umuman, allergik kasalliklar profilaktikasi va ularni davolashda ratsional ovqatlanish tartibi hamda cogʻlom turmush tarziga rioya etishning ahamiyati benihoya katta.
Shu oʻrinda, bir mulohaza: mana, sanoqli kunlardan soʻng yurtimizda 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni keng nishonlanadi. Bu bayram uchun eng aʼlo sovgʻa, albatta, goʻzal guldasta.
Ammo allergiyaga moyil, ayniqsa, pollinozga chalingan opa-singillarimizga gul hadya etishda ehtiyotkor boʻlgan maʼqul. Chunki ezgu niyatdagi bu amalimiz quvonch emas, koʻngilsizlikka ham sabab boʻlishi mumkinligini unutmaylik!
Sogʻliqni saqlash vazirligi
matbuot xizmati.