O'zbekiston Badiiy akademiyasining Ikuo Xirayama xalqaro madaniyat karvonsaroyida O'zbekiston-Pol`sha davlatlari o'rtasidagi diplomatik aloqalarning 30 yilligi va Pol`sha respublikasi mustaqilligi kuniga bag'ishlangan Pol`sha — o'zbek Poloniyasi nigohida” nomli ko'rgazmasi tashkil etildi. Ko'rgazma O'zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a'zosi Elena Labetskaya “Mening Pol`sham” nomli grafika asarlari shaxsiy ko'rgazmasi va Toshkentdagi Poloniya tashkiloti a'zolarining amaliy san'atiga doir ijod namunalaridan tashkil topgan.
ekspozitsiyadagi grafika asarlarida Pol`sha shaharlarining eng diqqatga sazovor joylari tarixidan lavhalar, yilning turli go'zal fasllari, lirika, ayniqsa kuz fasli, birinchi qori bu erga kelgan turli millat vakillarida katta taassurot qoldirdi.
Ko'rgazmaning ochilishi doirasida konkurs g'oliblari ijodkorlar — Elena Labetskaya (shaxsiy ko'rgazma) va amaliy san'at ijodkorlari SHamil` Suxov, Djalolidin Buzrukov, Nikolishina — Vavilova Mariya va boshqalar diplom, yorliqlar, esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.
Hasan Abdunazarov