Polsha, Litva, Latviya va Estoniya Yevropa Ittifoqini mudofaa chizig'i qurishga chaqirdi

    Polsha, Litva, Latviya va Estoniya Yevropa Ittifoqini Rossiya va Belarus bilan chegarada 700 kilometrlik mudofaa chizig'ini qurish uchun mablag' ajratishga chaqirdi.

    Bu haqda Reuters agentligi tegishli hujjatga tayanib xabar berdi.

    Himoya chizig'ini qurish 2,5 milliard yevro mablag' sarf qilishni taqozo etadi.

    “Yevropa Ittifoqining Rossiya va Belarus bilan tashqi chegarasi bo'ylab mudofaa infratuzilmasi tizimini yaratish Yevropa Ittifoqini harbiy va gibrid tahdidlardan himoya qilishning o'tkir va shoshilinch zaruratini hal qiladi... Ushbu qo'shma loyihaning ko'lami va qiymati uni siyosiy va moliyaviy jihatdan qo'llab-quvvatlash uchun Yevropa Ittifoqining maqsadli harakatlarini talab qiladi”, dedi u.

    Rejalashtirish va qurilish NATO va uning harbiy talablari bilan muvofiqlashtirilgan holda amalga oshirilishi kerakligi ko'rsatilgan.

    “Sharq qalqoni” dasturi Polshada 2024 – 2028-yillarda amalga oshiriladi. Buning uchun 10 milliard zlotiy (2,5 milliard dollar) ajratiladi.

    U chegara hududlarini himoya qilishga tayyorgarlik ko'rish, bazaviy stansiyalar, yo'q qilish tizimlari uchun logistika, bunkerlar tarmog'ini shakllantirish orqali aniqlash, ogohlantirish va kuzatib borish tizimini ishlab chiqish va uchuvchisiz tizimlarga qarshi infratuzilmani rivojlantirishni o'z ichiga oladi, deb xabar beradi report.az.