Polsha Oʻzbekiston fuqarolari uchun viza berish tartibini soddalashtirishi mumkin

    Oʻzbekiston elchisi Amirsaid Agzamxodjayev Polsha tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Genrika Moshchiska-Dendis bilan uchrashdi.

    Suhbat chogʻida konsullik-huquqiy sohadagi Oʻzbekiston-Polsha munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

    Avval erishilgan kelishuvlar ijrosi tahlil qilindi. Tomonlar barcha sohalarda oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga tayyor ekanini tasdiqladilar.

    Joriy yilda rejalashtirilgan qoʻshma tadbirlar, jumladan, ikki davlat TIV konsullik departamentlari oʻrtasida 2024-yil noyabr oyida Toshkent shahrida oʻtkaziladigan maslahatlashuvlarning birinchi davrasiga puxta tayyorgarlik koʻrish yuzasidan fikr almashildi.

    Tomonlar, shuningdek, mehnat migratsiyasi va Oʻzbekiston fuqarolari uchun viza berish tartibini soddalashtirish masalalariga eʼtibor qaratdilar.