Mamlakatimizning Polshadagi elchixonasi tomonidan Polsha Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Strategik zaxiralar davlat agentligi bilan birgalikda Qoraqalpogʻiston va Xorazmdagi tibbiyot muassasalari ehtiyoji uchun 4 xil rusumdagi “Bellavista” (Shveysariyada ishlab chiqarilgan) kattalar va bolalarga moslashgan oʻpkani sunʼiy ventilyatsiya qiluvchi apparatlarni (IVL) begʻaraz yordam sifatida Oʻzbekistonga yuborish masalasi ishlab chiqildi.
Bu haqda “Dunyo” AA xabar bermoqda.
IVL apparatlarining umumiy soni 449 dona, qiymati 17,5 million zlotiyni (4,5 million AQSH dollari) tashkil etadi.
20-iyul kuni barcha apparatlar 3 ta yuk mashinalariga yuklangani holda Oʻzbekistonga joʻnatildi.
Strategik zaxiralar davlat agentligining Shepetova shahridagi omborxonasida yukni qabul qilish va topshirish jarayonida mamlakatimiz diplomatiya vakolatxonasi xodimi ishtirok etdi.