Jeshuv davlat sanitariya inspeksiyasining ma'lum qilishicha, mintaqaning 153 nafar aholisi bakteriya bilan kasallangan. Infeksiya o'chog'i vodoprovod suvida aniqlangan. Legionella bakteriyalari to'qqizta suv namunasidan to'rttasida topilgan.

Legionellyoz epidemiyasi ishi Polsha ichki xavfsizlik agentligi tomonidan tekshirilmoqda. Jeshuvda suv quvurlarini dezinfeksiya qilish boshlandi, deb xabar beradi mir24.tv.