Ilgari odamlar bu mintaqada sakkiz ming yil oldin kelib o'rnashgan deb hisoblangan va avvalroq mazkur hudud muzlik bilan qoplangan.
Sharqiy Pomirdagi Kurteke qoyalari atrofini o'rganishda turli usullardan foydalanilgan. Olimlar zooarxeologik va arxeobotanik tahlillarni o'tkazishdi, qadimgi urug'larni tekshirishdi va saqlanib qolgan hayvonlar tishlaridan DNKni ajratib olishdi.
Tadqiqotlar chog'ida o't o'chirilgan joylar va toshdan yasalgan buyumlar, shuningdek, odamlar tomonidan maydalangan hayvon suyagining parchasi topildi. Ushbu suyak parchasi tahlilga yuborildi, bu manzilgohning qachon yuzaga kelganini aniqlashga yordam berdi.
Qazishmalar 3,98 ming metr balandlikda olib borildi. Olimlarning ta'kidlashicha, bu hududdagi sharoitlarni ekstremal deb atash mumkin: bu yerda o'simliklar kam, qishda minus 40 darajagacha bo'lgan qattiq sovuq kuzatiladi, harorat o'zgarib turadi. Qadimgi odamlar bunday noqulay joyda nima uchun yashagani hozircha noma'lum, deb xabar beradi mir24.tv.









