Qayd etilishicha, sessiyada viloyat rahbari hozirga qadar Pop tumani hokimi vazifasida ishlab kelayotgan Aʼzamjon Sultanov salomatligiga koʻra vazifasidan ozod etish haqida ariza yozganini maʼlum qildi.
Deputatlar Namangan viloyati hokimining Pop tumani hokimi Sultanov Aʼzamjon Mahmudovichni lavozimidan ozod etish toʻgʻrisidagi qarorini bir ovozdan maʼqulladi.
Shuningdek, Deputatlar Namangan viloyati hokimining Murodxoʻjayev Gʻulomjon Sobitxoʻjayevichni Pop tumani hokimi etib tayinlash toʻgʻrisidagi qarorini bir ovozdan tasdiqladi.