Murojaatda ushbu korxona boshligʻi lavozimida ishlovchi Termiz shahar Uvaysiy koʻchasida yashovchi K.Sh. uni korxona omborxonasidan aloqa kabellarini olib chiqib ketmoqchi boʻlganlikda gumon qilib, ishdan boʻshatmoqchi ekanligini maʼlum qilgan. Natijada uni boʻshatmaslik uchun esa 150 AQSH dollari miqdoridagi pul mablagʻlarini talab qilayotganligini maʼlum qilgan.
Mazkur ariza yuzasidan Termiz transport prokuraturasi va Surxondaryo viloyati Transportda XTB xodimlari tomonidan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqaro K.Sh. oʻzining yashash xonadonida 150 AQSH dollari miqdoridagi pullarni pora tariqasida Yu.E.dan olayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlangan.
Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
IIV Transportda xavfsizlikni taʼminlash
bosh boshqarmasi Axborot xizmati