Inesening taʼkidlashicha, Oʻzbekiston korrupsiyadan qutulish uchun “Davlat mansabdorlarining deklaratsiya va manfaatlar toʻqnashuvi” haqidagi qonunni albatta qabul qilishi kerak. Latviya korrupsiya bilan kurashishni dastlab shu qonunni qabul qilishdan boshlagan.

“Bu juda muhim: xalq ishonishi kerak, korrupsiya bilan kurashishni hukumat oʻzidan boshlaganiga. Davlat xizmatchilarining daromadlari deklaratsiya qilinishi lozim. Latviyada 25 yildan beri davlat xizmatchilarining daromadlari deklaratsiya qilinadi. Va barcha rivojlangan mamlakatlarda bunday amaliyot bor, deydi ekspert.

Har qaysi mukammal Konstitutsiya amalda ishlamasa foydasi yoʻq

Voika Qonunni kuchaytirish kerakligini taʼkidladi. Uning fikricha, vvalo Konstitutsiyaning amalda ishlashi muhim. Konstitutsiya qanchalik mukammal boʻlmasin, agar u ishlamasa hech narsa oʻzgarmaydi.

“Konstitutsiya va qonunlarning ishlashini esa faqat davlat emas, jamoatchilik va ayniqsa jurnalistlar nazorat qilishi kerak, talab qilishi kerak, shundagina nimadir oʻzgaradi. Biz Latviyada shunday qildik”.

Pora olmay qoʻygan “GAI”lar

Inesening taʼkidlashicha, Latviyada ilgari pora bilan “GAI”lar koʻp qoʻlga tushgan.

“Korrupsiyada beruvchi va oluvchi qoʻl bor. Bunga alohida ahamiyat berish kerak.  Qonunlar, jazolar kuchaytirildi, “GAI” xodimlari pul talab qilmaydigan boʻlishdi, ammo pora taklif qiluvchilar baribir bor edi. Jamoatchilik nazorati, tushuntirish, targʻibot, qonunlar orqali biz pora oluvchi qoʻlni ham beruvchi qoʻlni kamaytirishga erishdik. Men korrupsiyani davlat va jamoatchilik birgalikda bir vaqtda nazorat qilishi kerak, deb hisoblayman” dedi u.

Maʼlumot uchun: Latviya 1990-yillarning oʻrtalarida davlat xizmatchilari deklaratsiyasi, ochiq xaridlar va siyosiy partiyalarni moliyalashtirish toʻgʻrisidagi eng muhim korrupsiyaga qarshi qonunni qabul qilish, soʻngra korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha ixtisoslashgan agentlikni tashkil etish bilan poraxoʻrlikka qarshi kurashni boshlagan. Mamlakat siyosatchilari xalqaro huquqiy hamjamiyatga qoʻshilish – Jahon banki, Yevropa Ittifoqi, NATO va boshqalar bilan xalqaro hamkorlikka katta eʼtibor qaratgan. Mamlakatda OAV va fuqarolik jamiyati poraxoʻr siyosatchilarni ishdan boʻshatish va korrupsiyaga qarshi halol kurashchilarni saqlab qolishni talab qiluvchi eng muhim rolda boʻlgan.