“Portugaliya shu yakshanba kuni Falastin davlatini rasman tan oldi. Bu haqda Portugaliyaning Nyu-Yorkdagi BMTdagi missiyasida tashqi ishlar vaziri Paulo Ranjel ma'lum qildi”, deya xabar beradi telekanal.
Telekanal ma'lumotlariga ko'ra, Prezident Marselu Rebelu de Souza va parlamentdagi partiyalarning mutlaq ko'pchiligi pozitsiyalarini uyg'unlashtirgan maslahatlashuvlar natijasi mazkur qarorga kelingan. Lissabon ikki suveren davlat – Isroil va Falastinning tashkil etilishini qo'llab-quvvatlashini tasdiqlab, “2023-yil 7-oktabrdagi dahshatli terrorchilik xurujlarini” yana bir bor qoraladi.
Qaror boshqa to'qqiz mamlakat: Fransiya, Andorra, Avstraliya, Belgiya, Kanada, Lyuksemburg, Malta, Buyuk Britaniya va San-Marino bilan birgalikda qabul qilindi, deb xabar berdi ria.ru.