Aniqlik kiritilishicha, bu qaror Prezident huzuridagi maslahat organi – Davlat kengashi yig'ilishi yakunlari bo'yicha qabul qilingan.
Bosh vazir Antonio Kosta seshanba kuni iste'foga chiqdi. Ma'lum qilinishicha, litiy qidiruvi va vodorod zavodi loyihalarini tergov qilayotgan prokuratura hukumat rahbarining rasmiy qarorgohida tintuv o'tkazgan.
Huquq-tartibot organlari “xizmat vakolatini suiiste'mol qilish, siyosiy mansabni egallagan shaxslarning faol va passiv korrupsiyasi va boshqa jinoyatlar bo'lishi mumkin bo'lgan faktlarni” o'rganmoqda, deb xabar beradi ria.ru.