Osma koʻrik ikki yil ichida bunyod etildi. Buning uchun 2,1 million yevro sarflandi.

Osma koʻprikning uzunligi — 516, balandligi 174 metrni tashkil etadi. Koʻprik ikkita beton arkali qilib qurilgan. Ular orasidan mustahkam poʻlat arqonlar oʻtkazilgan. Koʻprikdan oʻtib olish uchun oʻrtacha oʻn daqiqa vaqt sarflanadi.

Mazkur koʻprik Arokaning turistik salohiyatini oshirishda ayni muddao boʻlishi kutilmoqda.