“Posco International” klasteri faoliyati kengaymoqda

    Ayni paytda loyiha qiymati 8 million dollarlik paxtani qayta ishlash zavodi qurilishi deyarli yakunlandi.

    Oʻtgan yili Yozyovon tumanida Janubiy Koreyaning “POSCO International” korporatsiyasi tomonidan “Posco International” paxta-toʻqimachilik klasteri tashkil etilgan edi. Uning faoliyati oy sayin kengaymoqda.

    2022-yil davomida 21 million dollarlik investitsiya kiritilib, “POSCO textile Fergana” korxonasining birinchi bosqichi ishga tushirilib, aralash ip va undan ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan edi.

    Ayni paytda loyiha qiymati 8 million dollarlik paxtani qayta ishlash zavodi qurilishi deyarli yakunlandi. Tez orada foydalanishga topshiriladigan zavod hududida Fermerlar markazi ham ishga tushiriladi. Unda fermerlar uchun bank xizmati, buxgalteriya markazi, kompyuter xizmatlari, dam olish joylari va boshqa qulayliklar oʻrin oladi. 250 nafar kishining bandligi taʼminlanadi.

    Klasterning yana bir loyihasi — yiliga 20 ming tonna chigitni qayta ishlash quvvatiga ega yogʻ zavodi esa joriy yil sentyabr oyida ish boshlashi kutilmoqda.