Poytaxtimiz aholisi soni oʻsishi kuzatilyapti

    Ijtimoiy hayot 13 May 2022 3997

    Toshkent shahar statistika boshqarmasining maʼlumotiga koʻra, poytaxtimizda doimiy aholi soni 2022-yil 1-aprel holatiga koʻra, 2 million 879 ming 800 kishini tashkil etadi.

    Aholi yil boshidan 17,4 ming kishiga yoki 100,6 foizga koʻpaydi. Shundan:

    Erkaklar soni 1 411 800 kishini,

    Ayollar soni 1 468 000 kishini tashkil etdi.

    Shahar hududlari kesimida 2022-yil 1-aprel holatiga koʻra, eng koʻp aholi soni Olmazor tumanida boʻlib, 387,7 ming kishini, yaʼni shahar aholisi sonidagi ulushi 13,5 foizni tashkil etdi.

    Shuningdek, Yunusobod tumanidagi aholi 360,9 ming kishi – 12,5 foizdan iborat.

    Eng kam aholi soni Yakkasaroy tumanida – 124,6 ming kishi (4,3 foiz) va Bektemir tumanida – 51,8 ming kishi (1,8 foiz)ga toʻgʻri kelyapti, deb xabar beradi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.