“Poytaxt” savdo markazi oldida qurilish ishlari hali boshlanmagani aytildi

    Urbanizatsiya 28 Yanvar 2021 768

    Bu haqda AOKAda tashkil etilgan brifingda Toshkent shahri bosh arxitektori Nuriddin Sagatov maʼlum qildi:

    — Toshkent shahar hokimining tegishli qarorlariga asosan, Mirobod tumani, Matbuotchilar koʻchasida joylashgan mavjud avtoturargoh oʻrniga maydoni 0,23 gektarli yer uchastkasida “Yertoʻla qismida avtoturargoh boʻlgan savdo majmuasi va ofis binolarini qurish uchun” yer uchastkasini zaxiralash hamda loyiha smeta hujjatlarini ishlab chiqishga ruxsat berilgan hamda loyiha hujjatlari tegishli tartibda kelishilgan.

    Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasi tomonidan qurilishning chegara hududlari belgilab berilgan.

    Hozirgi kunda qurilish hududi qurilish texnika xavfsizligi va mehnat xavfsizligi talablariga asosan, vaqtincha tunukali yengil konstruksiyalar bilan oʻrab olingan hamda bugungi kunda qurilish ishlari boshlanmagan.