Endilikda poytaxtda yoʻlovchilarga yangi rusumdagi avtobuslar xizmat koʻrsatadi. Toshkentga olib kelingan 9 ta yangi avtobuslar haqida “Toshshahartransxizmat” AJ matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Maʼlum boʻlishicha, “Avtosantrans-servis” ushbu avtobuslarni Xitoyning “Yutong hongkong limited” kompaniyasidan xarid qilgan. Ular gaz yoqilgʻisi bilan yuradi.
Umumiy 52 nafar yoʻlovchiga moʻljallangan ushbu avtobuslar oʻrta sigʻimli boʻlib, 30 ta oʻrindiqqa ega.
Ushbu avtobuslar poytaxt yoʻllarida qatnayotgan xususiy korxonaga tegishli eski “Isuzu” rusumidagi avtobuslar oʻrnida harakatlanishi rejalashtirilgan.