Unga koʻra, Namangan, Andijon, Fargʻona, Surxondaryo, Sirdaryo, Buxoro va Samarqand viloyatlarining har biriga mehmonxona qurish uchun Mirzo Ulugʻbek tumani “Chingeldi” MFY hududida joylashgan aholi punkti yerlaridan 0,32 gektar maydon ajratiladi.

Maʼlumot uchun, ajratilishi belgilangan ushbu “Chingeldi” mahallasi avval Toshkent viloyati Qibray tumaniga qarashli boʻlgan, 2021-yil may oyida 20 ta mahalla qatorida Toshkent shahri tarkibiga oʻtkazilgan.