Joriy yilning 21-oktyabr kuni IIV JQBB Giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan Toshkent shahrining Chilonzor tumanida oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbiri natijasida, Toshkent shahar, Chilonzor tumanida yashovchi 1971-y.t. A.G va Xorazm viloyati, Qoʻshkoʻpir tumanida yashovchi 1980-y.t. X.A lar oldindan jinoiy til biriktirib, 12.600.000 soʻm pul evaziga 540 dona tarkibida giyohvandlik vositasi boʻlgan «Tramadol» preparatlarini sotayotgan vaqtlarida ushlandi.
Davom ettirilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida A.Gning yashash uyidan 147 dona «Tramadol» preparati topilib, ashyoviy dalil sifatida olindi.
Oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida ushlangan 2 nafar shaxsdan jami 687 dona «Tramadol» preparatlari noqonuniy muomaladan olindi.
Hozirda olingan ashyoviy dalillar manbasini aniqlashga qaratilgan tezkor ishlar olib borilmoqda.