Transport vazirligi Axborot xizmati xabar berishicha, 21-iyul kunidan boshlab 142-sonli “Katta Hasanboy mahallasi – Tiklanish mahallasi” yangi avtobus yoʻnalishida yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish boshlandi.

Ushbu yoʻnalishda avtobuslar Tiklanish mahallasidan Tiklanish, Moyqoʻrgʻon, Ahmad Donish, Amir Temur shoh, Rixsiliy, Baraka, Nurmakon, Xolis, Hasanboy, Ahrorobod koʻchalari orqali Katta Hasanboy mahallasiga qadar harakatlanadi.

Avtobuslar tonggi soat 6:00 dan 22:00 gacha yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatadi.