Mazku masala yuzasidan Toshkent shahar madaniy meros boshqarmasi quyidagilarni maʼlum qiladi:

Toshkent shahar Madaniy meros boshqarmasi mutaxassislari tomonidan obyekt joyiga chiqqan holda oʻrganildi. Unga koʻra, Toshkent shahar hokimligi tomonidan obyektning atrofiga yotqizilgan marmar (burchatkalar)ning almashtirilishi rejalashtirilgani hamda madaniy meros obyektiga hech qanday asossiz ziyon yetkazilmagani aniqlandi. Qurilish ishlarini ruxsatsiz boshlagani uchun esa “MIMAR GROUP MChJ”ga ogohlantirish xati berildi va jarayon toʻxtatildi.

Maʼlumot uchun: Toshkent shahar Yakkasaroy tumani Kosmonavtlar prospektida joylashgan Vladimir Jonibekov byusti (Koinot yodgorligi) Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining 2019-yil 28-iyundagi 411-sonli buyrugʻiga asosan moddiy-madaniy meros obyektlari davlat kadastriga kiritilgan va davlat muhofazasiga olingan.