Poytaxtimiz jamoat transportida yoʻlovchilarga qoʻlqop bepul taqdim etiladi

    Transport 18 Oktabr 2020 735

    Avval xabar berilganidek, 19-oktyabrdan jamoat transportida turli yuqumli mavsumiy infeksiyalar tarqalishining oldini olish va yoʻlovchilar salomatligini asrash maqsadida Toshkent shahar jamoat transporti (avtobus, metro, yoʻnalishli taksi) xizmatidan foydalanganda yoʻlovchilarning tibbiy niqob va qoʻlqopda boʻlish tartibi joriy etiladi.

    Bunda tashuvchilar tomonidan jamoat transporti yoʻlovchilariga qoʻlqoplar bepul taqdim etiladi.

    Yoʻlovchilar metro stansiyalariga kirishda, avtobus hamda mikroavtobusga chiqish vaqtida kassa xodimlari, konduktor va haydovchilardan qoʻlqoplarni olishlari mumkin.

    Toshkent shahar jamoat transportida yoʻlovchilarning tibbiy niqob va qoʻlqopda boʻlish tartibining joriy etilishidan yagona maqsad fuqarolar salomatligini asrashdir.

    Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi matbuot xizmati.