Tadbirda askiyachilar, qiziqchilar va madaniyat sohasi xodimlari ishtirok etdi.
– Askiya sanʼati nafaqat sanʼatimizning, balki milliy anʼana va qadryatlarimizning ham ajralmas qismidir, – deydi Toshkent shahar madaniyat boshqarmasi boshligʻi Sh.Sharipov. – Shu uchun ham askiya sanʼatini rivojlantirishimiz, yoshlarning askiyaga boʻlgan qiziqishini yanada kuchaytirishmiz lozim. Uchtepa tumanida tashkil etilgan bugungi tadbirlarimiz ana shu maqsad roʻyobiga xizmat qiladi. Kelgusida “Askiya sayllari”ni muntazam ravishda oʻtkazishni rejalashtiryapmiz.
Taʼkidlash kerak, Toshkent shahar madaniyat boshqarmasi tomonidan tashkil etilayotgan bu kabi tadbirlar aholining madaniy hordiq chaqarishi va ularning kayfiyatini koʻtarishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Poytaxtimiz boʻylab “Askiya sayllari” davom etmoqda.