Poytaxtimizda "Yevropa Ittifoqi - Markaziy Osiyo" fuqarolik jamiyati forumi ish boshladi

    Bugun ertalab poytaxtimizda Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo davlatlarining 100 dan ortiq vakillari ishtirokida "Yevropa Ittifoqi - Markaziy Osiyo" fuqarolik jamiyati 4-forumi o‘z ishini boshladi.

    Forumda fuqarolik jamiyati, xususiy jabha vakillari, tadqiqotchilar, ommaviy axborot vositalari, shuningdek, ekspertlar darajasidagi hukumat vakillari ishtirok etmoqda.

    Hozirgi oldindan aytib bo‘lmaydigan va tez o‘zgaruvchan bir sharoitda sheriklik aloqalarini yo‘lga qo‘yish hamda hukumatlar, fuqarolik jamiyati va xususiy sektor o‘rtasidagi muloqotda ishtirok etish muhimligi qayd etildi.

    Forum Yevropa Ittifoqining "Global Gateway" strategiyasining innovatsion qo‘shimchasiga bag‘ishlangan bo‘lib, konferensiyadan bir kun oldin Samarqandda o‘zaro bog‘liqlik bo‘yicha bo‘lib o‘tgan "Markaziy Osiyoning yosh ovozlari" yoshlar tadbirining xulosalariga tayanadi.

    Yalpi majlis hamda barqarorlik, farovonlik va mintaqaviy hamkorlik bo‘yicha uch mavzuni qamrab olgan sessiyalar ushbu anjuman kun tartibidan o‘rin olgan.