Ko'rgazmani Savdo-sanoat palatasi raisi D.Vaxabov ochib berdi. Palata raisi o'z nutqida davlatimiz rahbari tomonidan mahalliy sanoatni rivojlantirish va raqobatbardosh mahsulotlarni o'zlashtirish borasida olib borilayotgan amaliy chora-tadbirlar to'g'risida to'htalib o'tdi.
Ko'rgazmada respublikamizning barcha viloyat va tuman, hattoki, kichik qishloqdaridan 80 ga yaqin tadbirkorlar ishtirok etmoqda.
Joriy yilning 12-13-may kunlari Prezidentimiz Farg'ona viloyatiga qilgan tashrifi chog'ida Buvayda tumanida tashkil etilgan “Mebelchilik sanoat zonasi” bilan tanishib, Buvayda tajribasi misolida Mebellar ko'rgazmasi o'tkazish topshirig'ini bergan edi.
Shu tajriba asosida, Savdo-sanoat palatasi tomonidan tashkil etilgan ko'rgazmada mamlakatimizning eng uzoq qishloqlaridagi barcha tadbirkorlarda hech qanday to'lovlarsiz qatnashish va o'zlarining mahsulotlarini to'g'ridan-to'g'ri jahonning istalgan davlatiga sotish imkoniyati paydo bo'lmoqda.
Eslatib o'tamiz, ushbu ko'rgazma o'z ishini 16-iyun sanasiga qadar davom ettiradi.