Tadbir Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi, O'zbekiston Me'morlar uyushmasi va Xalqaro Arxitektorlar uyushmalari assotsiatsiyasi hamkorligida bo'lib o'tmoqda.
Unda 40 dan ortiq yuqori malakali xorijlik me'morlar, jumladan, xorijiy davlatlar arxitektorlar uyushmalari raislari ishtirok etyapti. Festival qurilish sohasini rivojlantirish bo'yicha innovatsion tadqiqotlar, arxitektura, dizayn, shaharsozlik yo'nalishlarini takomillashtirish, bino va inshootlarni loyihalashda zamonaviy qurilish materiallari hamda konstruktsiyalarni tatbiq qilish borasida atroflicha fikr-tajriba almashish maydoni bo'lib xizmat qilmoqda.