Yoʻl oʻtkazgichlarning ikkitasini Toshkent halqa avtomobil yoʻli hamda Amir Temur va Bogʻishamol koʻchalari kesishmalarida qurish koʻzlanmoqda.
Yana ikkita koʻprikni Qorasaroy koʻchasi va Forobiy koʻchasining Toshkent halqa avtomobil yoʻli bilan kesishadigan chorrahalarida qurish rejalashtirilmoqda. Amir Temur va Xurshid koʻchalari kesishmasida ham xuddi shunday yoʻl oʻtkazgich quriladi.