“Toshshahartransxizmat” AJning maʼlum qilishicha, yoʻnalish harakati “Ekskavator zavodi bekati”dan Katta Darhon, Oqqoʻrgʻon, Osiyo, Nurafshon, Farobiy, Zarqaynar koʻchalari orqali “Chorsu metrosi” bekatiga qadar, qaytish yoʻnalishida “Chorsu metrosi” bekatidan Zarqaynar, A.Navoiy, Beruniy, Saqichmon, Farobiy, Nurafshon, Osiyo, Oqqoʻrgʻon, Katta Darhon koʻchalari orqali “Ekskavator zavodi bekati”ga qadar belgilandi.
Xizmat koʻrsatish huquqi vaqtinchalik navbatdagi tenderga qadar jamiyatning “2-avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan. Mazkur yoʻnalishda ish kunlarida 6 ta, shanba kunlarida 5 ta va yakshanba kunlarida 4 ta avtobus yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatadi.