SHu qatorda, shahrimizda Respublika bo'ylab eng ko'p ko'ngilochar savdo markazlari joylashgan bo'lib, ular poytaxtimiz mehmonlari va mahalliy aholiga zamonaviy xizmatlar va qulayliklar taklif qiladi.

SHunday ko'ngilochar savdo markazlaridan biri, Riviera savdo markazi joriy yilning 28 avgust kuni barcha tashrif buyuruvchilar uchun o'z eshiklarini ochdi. Ushbu savdo markazi poytaxtimizning ijtimoiy hayotida mutlaqo yangi sahifa ochishga va'da berdi.

Umumiy maydoni 40370 kvadrat metrga ega bo'lgan Riviera majmuasi tashrif buyuruvchilarni shopping va yuqori darajadagi xizmatlardan bahramand bo'lishga taklif qiladi.  Savdo markazida ko'plab brend do'konlardan tashqari turli xil oshxonalarga ega oziq-ovqat korti, noyob o'yin maydonchasi Luna Park, 7 zalli mamlakatdagi birinchi kinoteatr, muz saroyi va suv bo'yi panoramasi ko'rinishidagi 1300 kvadrat metr yozgi terassa mavjud.