Delegatsiya Rossiya Federatsiyasi Shimoliy poytaxtining ijro hokimiyati, savdo-iqtisodiy, madaniy va ishbilarmon doiralari vakillaridan iborat.
Mehmonlarning kuni tadbirlarga boy boʻldi va ulardan birinchisi – mintaqalararo hamkorlik biznes-forumi.
Undan soʻng Sankt-Peterburglik mehmonlar Volgograd qabristonidagi Jangovar shon-sharaf memorialiga, Leningradni urush yillarida himoya qilgan oʻzbekistonlik askarlar xotirasiga qoʻyilgan xotira plitasi hamda “Matonat qasidasi” memorialiga gul qoʻyish marosimida ishtirok etdi.
Soʻngra mehmonlar “Raqamli Toshkent” platformasida yaratilgan Vaziyatlar markazida boʻlib, shahar xoʻjaligi xizmatlarini operativ boshqarish imkoniyatlari va prognozlash uchun tahliliy materiallar olish metodologiyasi bilan yaqindan tanishdilar.
Poytaxtimizdagi Gʻalaba Bogʻida “Leningrad monumenti” haykaliga tamal toshini qoʻyish marosimi ham boʻlib oʻtdi. Ushbu haykal qamaldagi Leningraddan evakuatsiya qilinganlarni qabul qilgan oʻzbek xalqiga minnatdorlik timsoli boʻladi. Memorial majmua boʻylab sayrdan soʻng mehmonlar Shon-sharaf muzeyida hozirda Toshkentda istiqomat qilayotgan Leningrad ahli bilan uchrashdilar, deb xabar beradi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.