Bugun soat 09:00 dan 18:00ga qadar Uchtepa, Bektemir, Mirzo Ulugʻbek, Yakkasaroy va Yashnobod tumanlari hududidagi ayrim aholi yashash xonadonlari hamda kichik tadbirkorlik subektlarida elektr energiyasi vaqtincha oʻchirildi. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filiali tomonidan berilgan xabarga koʻra, bu taʼmirlash ishlari bilan bogʻliq.
Isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasini yetkazib berilishini taʼminlash, shuningdek, elektr tarmoqlarida sodir boʻlishi mumkin boʻlgan avariya holatlarini oldini olish hamda taʼmirlash ishlarini xavfsiz bajarish maqsadida:
Bektemir tumanining “Iyk ota” MFYning Orasta, Taraqqiyot, Mevazor, Fazilat, Muborak hamda Zartuproq koʻchalari hududidagi aholi yashash xonadonlarida;
Uchtepa tumanining “Katta qani” MFYning N.Saidov va O.Zoyitov tor koʻchalari hududidagi aholi yashash xonadonlarida;
Yashnobod tumanining Mirzo Ulugʻbek va 10-, 11- va 12-sonli koʻp qavatli aholi yashash xonadonlarida;
Mirzo Ulugʻbek tumanining Moʻminova va Sayram koʻchalari hududidagi aholi yashash xonadonlarida;
Yakkasaroy tumanining Kichik Beshyogʻoch, Andijon va Shamsi Kulol koʻchalari hududidagi aholi yashah xonadonlarida elektr energiyasi vaqtincha oʻchirildi.
Isteʼmolchilarga elektr energiyasini sifatli hamda ishonchli yetkazib berish, yuzaga kelishi mumkin boʻlgan avariyali uzilishlarni oldini olish va Davlat dasturlari asosida hududlarda past kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarini yangilash va modernizatsiya qilish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirib kelinmoqda.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filiali mazkur taʼmirlash ishlari tufayli elektr taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi isteʼmolchilardan uzr soʻraydi, deyiladi xabarda.