Bu haqida “Toshissiqquvvati” DUK matbuot kotibi xabar berdi.

IM-10 qozonxonasiga ulangan M-0 Du-800 magistral issiqlik tarmoqlarida avariya holati vujudga kelganligi sababli  2021-yil 6-dekabr kuni soat 10:00 dan  17:00 gacha quyidagi manzillarda issiqlik ta'minoti vaqtinchalik to'xtatiladi:

Olmazor tumani: Farobiy, Mirzo G'olib, Qamarniso, Shifokorlar, G.Karimov, Xo'jayeva ko'chalari hamda TashGosMI, Shifokorlar shaharchasi, TashGU, TashPI, G-30, Olimpiya, Chimboy, Beshqo'rgon-1,2,3,4, Muxbir, Qora qamish 2/4 mavzelarida.

Shayxontoxur tumani: Farobiy ko'chasi hamda Jarariq, Beltepa, Ibn Sino-1,2 mavzelarida.

Hozirda avariya tiklash ishlariga 20 kishidan iborat avariya tiklash guruhi jalb etilgan. Avariya bartaraf etish ishlari zudlik bilan amalga oshirilib, issiqlik ta'minoti qayta tiklanadi.