Poytaxtlik yoshlar stol tennisi bo'yicha musobaqalashishdi

    Prezidentimizning “Mahallalarda yoshlarni ommaviy sportga jalb qilishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori ijrosini ta'minlash Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi tomonidan yoshlar o'rtasida stol tennisi musobaqasi tashkil etildi.

    Ushbu turnirning saralash bosqichida 200 nafardan ortiq havaskorlar o'z omadini sinovdan o'tkazgan bo'lsa, 33 nafar professional stol tennisi ustalari mahoratlarini namoyish etishdi. Saralash bahslarida muvaffaqiyatga erishgan 16 nafar o'g'il va qiz bolalar musobaqaning hal qiluvchi final bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritishdi. Qizg'in va murosasiz kurashlarga boy o'tgan pley – off bahslariga Yunusobod sport majmuasida bo'lib o'tdi.

    Turnirda g'olib bo'lgan ishtirokchilarga 10 million so'm pul mukofoti taqdim etilgan bo'lsa, ikkinchi o'rin egalari 5 million so'mni qo'lga kiritishdi. Kuchli uchlikdan o'rin olishga muvaffaq bo'lgan qatnashchilar 2 million so'mga ega bo'lishdi.

    Sog'lom raqobat ruhida kechgan bahslar davomida yosh sportchilar nafaqat g'oliblik uchun kurarishdi, balki o'zlari yangi do'stlar orttirish, tajriba almashishga ham muvaffaq bo'lishdi desak mubolag'a bo'lmaydi.

    Yoshlarni ommaviy sportga keng jalb qilish, ularning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga xizmat qilayotgan bu kabi musobaqalar Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi tomontdan kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.