Bugun, 4-avgust kuni poytaxt Toshkentning uch tumanida gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Keltirilishicha, bugun kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida poytaxtimizning Bektemir, Mirzo Ulugʻbek va Sergeli tumanlari gaz taʼminoti tizimida taʼmirlash va sozlash ishlari olib boriladi. Shu sabab baʼzi mahalla va koʻchalarda vaqtincha gaz taʼminoti toʻxtatiladi.