Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” gaz taʼminoti filiali xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, taʼmirlash ishlari tufayli Mirzo Ulugʻbek va Sergeli tumanlariga 3-oktyabr kuni tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha (soat 10:00 dan 18:00 ga qadar) toʻxtatiladi.

Mirzo Ulugʻbek tumani:

  • Aholi isteʼmolchilari soni: Yangi Olmachi MFY Olmachi koʻchasida — 289 ta yerli xonadon
  • Koʻp qavatli uylar 4 ta — 300 ta xonadon
  • Ulgurji isteʼmolchilar — 4 ta

Sergeli tumani:

  • Sofdil MFY Sergeli 4 koʻchasida — 104 ta yerli xonadon
  • Sergeli 6a mavzesida 23 ta koʻp qavatli uylarda 2514 ta xonadon
  • Ulgurji isteʼmolchilar — 8 ta

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi. Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr soʻradi.