Poytaxtning issiqlik taʼminoti tizimi DXSH asosida modernizatsiya qilinadi

    Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-maydagi "Toshkent shahri issiqlik taʼminoti tizimini davlat-xususiy sheriklik asosida yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida"gi qarori qabul qilindi.

    Toshkent shahar hokimligi va "Veolia Energy Tashkent" MChJ oʼrtasida 2021-yil 29-sentabrda "Toshkent shahri issiqlik taʼminoti tizimini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida modernizatsiya qilish va boshqaruvga berish" loyihasi boʼyicha imzolangan bitim tasdiqlandi.

    Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-sentabrdagi "Toshkent shahri issiqlik taʼminoti tizimini davlat-xususiy sheriklik asosida rivojlantirish toʼgʼrisida"gi 594-son qaroriga oʼzgartirish va qoʼshimchalar kiritiladi.

    Xususan, "Toshissiqquvvati" DUK xodimlari maxsus loyihaga Mehnat kodeksiga muvofiq oʼtkaziladi. Maxsus loyihaga oʼtgan xodimlarning oldingi ishlagan davri uchun hisoblangan ish haqi xususiy sherik tomonidan qoplab beriladi.

    Bundan tashqari, maxsus loyiha kompaniyasini Tabiiy monopoliya subʼektlarining Davlat reestriga kiritish nazarda tutilmoqda.

    Boshqa oʼzgartirish va qoʼshimchalar ham kiritildi.