Praga tez tibbiy yordam xizmati yotoqxonada yashovchi 15 kishiga yordam ko'rsatganini ma'lum qilgan.

“Ikki kishi jonlantirish bo'limiga yotqizildi, afsuski, bir kishi vafot etdi”, — deyiladi xabarda.

Mahalliy yong'in va qutqaruv xizmatining ma'lum qilishicha, yotoqxonada jami 15 kishi va yettita uy hayvoni bo'lgan.

“Odamlarni qutqarish chog'ida yana ikki politsiyachi tutundan zaharlangan va ularga yordam ko'rsatilmoqda”, — deya qo'shimcha qildi qutqaruvchilar.

Yong'inning kelib chiqish sabablari mutaxassislar tomonidan aniqlanmoqda, deb xabar beradi korrespondent.net.