Mahalladagi birlamchi boʻgʻin bilan ixtisoslashgan xizmatlarni bogʻlaydigan kompleks tizim yaratildi. Ilgari faqat poytaxtda bajarilgan 400 dan ortiq yuqori texnologik amaliyot viloyat va tumanlarda oʻtkazilmoqda. Birgina buyrak koʻchirish amaliyoti kuniga 2 tadan bajarilmoqda.

Mamlakatimizda har oʻn ming aholiga 27 nafar shifokor toʻgʻri keladi. Bu AQSH, Buyuk Britaniya, Finlyandiya bilan bir xil koʻrsatkich. Turkiya va Kanadada bu raqamlar 1,5 baravar kam.

“Koʻrib turibsiz, bizda tibbiyot xodimlari sonida ham, moliyalashtirishda ham muammo yoʻq. Lekin, sifat-chi? Bu borada eʼtirozli savollar juda koʻp”, — dedi davlatimiz rahbari.