“Prezident archasi” tantanalari boshlandi

    Voqea-hodisalar 29 Dekabr 2021 2393

    Bugun 29-dekabr kuni Respublika boʻylab bolajonlarning eng sevimli bayramlaridan biriga aylanib ulgurgan “Prezident archasi” bayram tantanalari boshlandi.

    “Prezident archasi”ning asosiy bayram tantanalari Toshkent shahridagi “Tomosha” bolalar teatr-studiyasida boshlandi. “Yoʻlbars afsonasi” deb nomlangan bayram dasturi ikki kun davomida bolajonlarning eʼtiboriga havola etiladi.

    Mazkur bayram dasturiga Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari, ota-ona qarovisiz qolgan bolalar, ota-onalari Vatan sarhadlarini himoya qilish yoʻlida qurbon boʻlgan harbiy xizmatchilarning bolalari (1365 nafar) taklif etilgan.