Jumladan, bir oy muddatda Yakkabogʻ, Chiroqchi, Qamashi, Shahrisabz va Kitob tumanlarida 25 ming gektar yerlarni suv bilan taʼminlash uchun 365 milliard soʻmlik «Ayoqchisoy» sel suv omborini qurish boʻyicha taklif ishlab chiqish boʻyicha mutasaddilarga topshiriq berdi.

Shuningdek, Prezident 337 milliard soʻm hisobidan ichimlik suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimini yaxshilash boʻyicha loyihalarni bir hafta muddatda boshlashi kerakligi taʼkidladi. Qoʻshimcha ajratilayotgan 125 milliard soʻmga Koson, Nishon va Kasbi tumanlaridagi 150 kilometr yaroqsiz lotoklarni almashtirilishi, qoʻshimcha ajratilgan 354 milliard soʻm evaziga yoʻllar va koʻpriklarni taʼmirlanishi, qoʻshimcha ajratilgan 93 milliard soʻm hisobidan tibbiyot, sport obyektlarini taʼmirlash va rekonstruksiya qilish, obodonlashtirish ishlarini taʼminlashi kerakligi aytildi.

Kitob tumanidagi Urgut erkin iqtisodiy zonasi filiali hududi orqali 15 kilometr temir yoʻl qurilishiga byudjetdan 50 milliard soʻm berilishi maʼlum qilindi.

— Kuni kecha hududlarda tadbirkorlik loyihalarini moliyalashtirish uchun qoʻshimcha 300 million dollar mablagʻ ajratish toʻgʻrisidagi qarorni imzoladim. Shundan 45 million dollarni Qashqadaryodagi tadbirkorlar loyihalarini moliyalashtirishga yoʻnaltiramiz. Gazi, cuvi, infratuzilmasi bor yerlarda yaxshi loyihalar kerak. Ishchi joylar osmondan tushmaydi. Agar yana mablagʻ koʻpaytirish kerak boʻlsa, men yana koʻrib chiqishga roziman, — dedi davlatimiz rahbari.

Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Shavkat Mirziyoyev 365 milliard soʻmlik «Ayoqchisoy» sel suv omborini qurilishini maʼlum qildi.