Prezident borgan harbiy qismda 200 nafar jizzaxlik yoshlar uchun “Yosh vatanparvarlar yigʻini” boshlandi

    Harbiy 27 Yanvar 2021 2760

    Jizzax viloyati harbiy maʼmuriy sektori hamda Markaziy harbiy okrug qoʻmondonligi tashabbusi bilan Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy bosh qoʻmondoni joriy yilning 11-yanvar kuni tashrif buyurgan Jizzax viloyatidagi harbiy qismda “Yosh vatanparvarlar yigʻini” loyihasi asosida 18-25 yosh atrofidagi 200 nafar yoshlar 10 kun muddatda jangovar, sport oʻyinlari, maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlik hamda kasbga yoʻnaltirish boʻyicha mashgʻulotlarga jalb qilinadi.

    O'zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi hamda yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi tomonidan “YOshlar daftari”ga kiritilgan Jizzax viloyatida muqim ish joyiga ega bo'lmagan yoshlar hamda ichki ishlar nazoratida bo'lgan yoshlar ro'yhati shakllantirildi va ulardan ikki yuz nafari “YOsh vatanparvarlik yig'ini”ning ishtirokchisiga aylandi.

    Bu erda harbiy fanlardan tashqari, yigitlarni kasbga yo'naltirish bo'yicha etakchi mutaxassislar tomonidan turli mavzudagi treninglar o'tkaziladi.

    Jizzax viloyatidagi 12 ta tuman va Jizzax shaxridan harbiylikka qiziqishi yuqori va asosiysi o'z istagiga ko'ra kelgan yoshlarga harbiy liboslar berildi. Tibbiy ko'rikdan o'tkazildi. Guruhlarga bo'lib, yotoqxonalarga joylashtirildi. Askarlar oshxonasida ovqatlanishi uchun oziq-ovqat ta'minoti yo'lga qo'yildi.

    “YOsh vatanparvarlar yig'ini”ning ochilish tantanasida Markaziy harbiy okrug qo'mondoni, Jizzax viloyati hokimligi, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari yoshlarni tarbiyalashda yangicha tizim joriy etilgani va ayni damda amalda ekanligini ta'kidladi.

    Yig'in yakunida jismoniy va axloqiy-ruhiy jihatdan yaxshi va a'lo ko'rsatkichlar qayd etgan 10 nafar yoshlar Markaziy harbiy okrug qo'shinlari qo'mondoni polkovnik Oybek Saidov buyrug'iga ko'ra, mart-aprel` oylarida bir oylik xizmatga, may oyidan esa shartnoma asosidagi harbiy xizmatga qabul qilinadi.

    Tantanali marosimda yoshlar qalbida milliy ruh, ona-Vatanga mehr va sadoqat, adolat tuyg'usini har tomonlama kuchaytirish maqsadida namoyish etilgan buyuk ajdodlarimiz, jumladan, Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur sahna ko'rinishlari, harbiy orkestr jamoalarining chiqishlari hamda harbiy xizmatchilar tomonidan tayyorlangan ko'l jangi chiqishlari yoshlardagi qiziqishni yanada oshirdi.

    eslatib o'tamiz, joriy yilning 12 yanvar` kuni Qurolli Kuchlar akademiyasida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig'ilishida davlatimiz rahbari yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda armiya bilan birgalikda harbiy ma'muriy sektorlari ham oldingi qatorlarda bo'lishini ta'kidlagandi.

    Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati