Afv etilganlarning 604 nafari jazodan to‘liq ozod qilinadi, 115 nafari esa jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilinadi.

Bu haqida "O‘zbekiston 24" telekanalidagi "Axborot" dasturida ma’lum qilindi.

Shuningdek, 52 nafar shaxsga tayinlangan jazo yengilroq jazo bilan almashtiriladi, 81 nafar mahkumning ozodlikdan mahrum qilish jazosi muddati qisqartiriladi.

Afv etilganlar orasida 7 nafar chet el fuqarosi, shuningdek, taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida qatnashgan 63 nafar shaxs ham bor.

Shuningdek, afv etilganlarning 375 nafari yoshlar, 49 nafari ayollar, 37 nafari esa 60 yoshdan oshgan erkaklardir.

Prezident farmoni O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi arafasida jazo muddatini o‘tayotgan, qilmisiga pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga o‘tgan shaxslarga nisbatan insonparvarlik tamoyillari asosida qabul qilindi.