Qarorda belgilanishicha, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — Sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari departamenti boshligʻi lavozimi tugatildi.

Shuningdek, bosh vazir maslahatchisi — Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari departamenti boshligʻi lavozimi kiritildi.

Sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari departamenti tugatildi. Uning negizida Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari departamenti tashkil etildi.

Taʼlim, sogʻliqni saqlash, yoshlar, mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash masalalari kotibiyati tugatilib, uning negizida Taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari kotibiyati; Yoshlar, jamoat tashkilotlari, mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash masalalari kotibiyati tashkil etildi.

Qarorda belgilanishicha, Taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari kotibiyati; Yoshlar, jamoat tashkilotlari, mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash masalalari kotibiyati hamda Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti faoliyatini muvofiqlashtirish — bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari tashkil etildi.

Turizm, sport, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari kotibiyati hamda Madaniy merosni himoya qilish inspeksiyasi faoliyatini muvofiqlashtirish bosh vazir oʻrinbosari — turizm va sport vaziri tomonidan amalga oshiriladi.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni 269 nafardan iborat boʻlgan yangilangan ijro etuvchi tuzilmasi tasdiqlandi.